Antria Group Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida Career Fair 2026’da ishtirok etdi
Tadbir doirasida biz karyera sessiyasini o‘tkazdik va talabalarni kompaniyamizdagi professional rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishtirdik.
Taklif va ishtirok etish imkoniyati uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Biz yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda biznes va ta’lim o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni yuqori qadrlaymiz.